Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
# Kengash faoliyatiga oid xujjatlar 📍 MAHALLIY KENGASHLAR FAOLIYATINI YANADA SAMARALI TASHKIL ETISH
янв.21
# Kengash faoliyatiga oid xujjatlar Ekspert guruhi:
янв.21
# DOIMIY KOMISSIYA FAOLIYATI 🏛 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI 👥 SHTAB FAOLIYATI BILAN TANISHUV
янв.21
# YOSHLAR MASLAHAT GURUHI FAOLIYATI 🏛 PQ–387-son qarori ijrosi doirasida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
# DOIMIY KOMISSIYA FAOLIYATI 🏛 MAHALLALARNI KAMBAG‘ALLIK VA ISHSIZLIKDAN XOLI HUDUDGA AYLANTIRISH YO‘LIDA
янв.21
# DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
📢 DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
# DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
# DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
# Kengash faoliyatiga oid xujjatlar 🤝 DEPUTATLAR VA IJRO ORGANINING HAMKORLIGI
BESHQO‘RG‘ON MAHALLASIDA AHOLI BILAN UCHRASHUV: MUAMMOLAR VA AMALIY YECHIMLAR

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Imamov Sanjarali Tolkinovich tomonidan Beshqo‘rg‘on mahallasida aholi bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida fuqarolarning murojaatlari, hududdagi mavjud muammolar hamda aholini qiynayotgan ijtimoiy va infratuzilmaga oid masalalar tinglandi. Deputat tomonidan saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘rnatish, ularning taklif va mulohazalarini o‘rganish hamda muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etishga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, mahallani obodonlashtirish, hudud infratuzilmasini yaxshilash, aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va fuqarolar murojaatlarining ijrosini ta’minlash yuzasidan fikr almashildi.

Muloqot jarayonida aniqlangan muammolarni manzilli o‘rganish, mas’ul tashkilotlarga yo‘naltirish hamda ularning yechimi yuzasidan deputatlik nazoratini amalga oshirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.

Aholi bilan muntazam muloqot qilish, fuqarolar manfaatlarini ifoda etish va muammolarga amaliy yechim topish — deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.

Slide 1 of 4