Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
# Kengash faoliyatiga oid xujjatlar 📍 MAHALLIY KENGASHLAR FAOLIYATINI YANADA SAMARALI TASHKIL ETISH
янв.21
# Kengash faoliyatiga oid xujjatlar Ekspert guruhi:
янв.21
# DOIMIY KOMISSIYA FAOLIYATI 🏛 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI 👥 SHTAB FAOLIYATI BILAN TANISHUV
янв.21
# YOSHLAR MASLAHAT GURUHI FAOLIYATI 🏛 PQ–387-son qarori ijrosi doirasida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
# DOIMIY KOMISSIYA FAOLIYATI 🏛 MAHALLALARNI KAMBAG‘ALLIK VA ISHSIZLIKDAN XOLI HUDUDGA AYLANTIRISH YO‘LIDA
янв.21
# DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
📢 DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
# DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
# DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
# Kengash faoliyatiga oid xujjatlar 🤝 DEPUTATLAR VA IJRO ORGANINING HAMKORLIGI
“TASHABBUSLI BUDJET” — 131-SONLI MAKTABDA SPORT INFRASTRUKTURASI RIVOJLANTIRILADI

“Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan 131-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida sport infratuzilmasini takomillashtirish va o‘quvchilar uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha loyiha amalga oshirilmoqda.

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining 2026-yil 10-sentabrdagi III-24-79-14-204-K/26-sonli qaror — Chilonzor tumani hokimligi huzurida tashkil etilgan “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan 2026-yilning 2-mavsumida g‘olib deb topilgan loyihalarga mablag‘ ajratish to‘g‘risidagi qaror asosida Toshkent shahar Chilonzor tumani Katta Do‘mbirobod MFY hududidagi 131-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi uchun tegishli loyiha belgilangan.

Mazkur tashabbus doirasida maktabning 30×50 metr o‘lchamdagi stadionini zamonaviy usti yopiq konstruksiya bilan jihozlash, o‘quvchilarning yog‘ingarchilik sharoitida ham sport mashg‘ulotlarini muntazam davom ettirishlari uchun qulay imkoniyatlar yaratish ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, loyiha doirasida quyidagi ishlarni amalga oshirish taklif etilgan:

Stadion ustini zamonaviy profnastil qoplamasi bilan yopish;

Maktab hovlisida yengil konstruksiya asosida sanitariya-gigiyena xonasi (sanuzel) va kiyinish xonasini barpo etish;

Maktab jihozlarini saqlash uchun yengil konstruksiyali xo‘jalik omborxonasini qurish.

Loyihani moliyalashtirish uchun 1 648 000,0 so‘m mablag‘ ajratilishi ko‘rsatilgan.

Mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining “Ochiq budjet” elektron axborot portali orqali “Tashabbusli budjet” jarayonida fuqarolar tomonidan ilgari surilgan, yechimi mablag‘ bilan bog‘liq bo‘lgan mavjud muammolarni bartaraf etishga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

“Ochiq budjet” jarayonining ovoz berish bosqichi yakunlari bo‘yicha g‘olib deb topilgan loyihalar ro‘yxati hamda shakllangan tadbirlarni moliyalashtirish bo‘yicha manzilli ro‘yxat tasdiqlangan.

Ushbu tashabbusning amalga oshirilishi o‘quvchilar uchun sport bilan shug‘ullanish imkoniyatlarini kengaytirish, ta’lim muassasasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va zamonaviy infratuzilmani shakllantirishga qaratilgan.