Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
👨‍👩‍👧‍👦 IJTIMOIY REYESTRDAGI XONADONLARDA BANDLIK MASALASI O‘RGANILDI
янв.21
🏫 40-SON MAKTAB FAOLIYATI VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK O‘RGANILDI
янв.21
🏘️ KO'CHAMA KO'CHA AHOLI MUAMMOLARI XONADONBAY O‘RGANILMOQDA
янв.21
📚 TA’LIMGA JALB ETISH — IJTIMOIY HIMOYANING MUHIM YO‘NALISHI
янв.21
OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI TO'G'RISIDA
янв.21
🇺🇿 DAVLAT DASTURI DOIRASIDA 24/7 XIZMAT KO‘RSATISH LOYIHALARI O‘RGANILDI
янв.21
📊 KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH — MANZILLI YONDASHUV
янв.21
📊 XOTIN-QIZLAR BILAN ISHLASH: SAMARADORLIK VA NATIJADORLIK
янв.21
⚡️ SESSIYA OLDI: TUMAN ETK RAHBARI HISOBOTI YUZASIDAN O‘RGANISH OLIB BORILDI
янв.21
🏘 MFY RAISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
Kengash_faoliyati

Bandixon tuman Kengashi muvaqqat komissiyasi tomonidan kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha shtab faoliyati o‘rganildi

Bandixon tumanida aholi farovonligini oshirish, kambag‘allik darajasini qisqartirish va bandlik dasturlari ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan.

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi huzuridagi Kambag‘allikni qisqartirish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha muvaqqat komissiyasi tomonidan Oliy Majlis Senati Kengashining 2024-yil 29-noyabrdagi “Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalarning bajarilishini nazorat qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-6-V-son qarori ijrosini ta’minlash doirasida navbatdagi o‘rganish o‘tkazildi.

Mazkur tadbirda Bandixon tumani Kengashi muvaqqat komissiyasi raisi O.Ishpo‘latov hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri, deputat A.Pardayev ishtirok etdilar. Komissiya a’zolari tomonidan Sho‘rchi tuman hokimligida tashkil etilgan Kambag‘allik va bandlik masalalari bilan ishlash shtabi faoliyati atroflicha ko‘rib chiqildi.

O‘rganish jarayonida shtab tomonidan kambag‘allikni qisqartirish, aholini doimiy daromad manbalari bilan ta’minlash va xonadonbay ishlash tizimining yo‘lga qo‘yilishi holati tahlil qilindi.

Tadbir yakunida shtab faoliyatining samaradorligini yanada oshirish, monitoring ishlarini tizimlashtirish hamda belgilangan ustuvor vazifalarni o‘z vaqtida amalga oshirish bo‘yicha ikki tuman mutasaddilari hamkorligida uslubiy takliflar ishlab chiqildi.

Slide 1 of 1