Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
👨‍👩‍👧‍👦 IJTIMOIY REYESTRDAGI XONADONLARDA BANDLIK MASALASI O‘RGANILDI
янв.21
🏫 40-SON MAKTAB FAOLIYATI VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK O‘RGANILDI
янв.21
🏘️ KO'CHAMA KO'CHA AHOLI MUAMMOLARI XONADONBAY O‘RGANILMOQDA
янв.21
📚 TA’LIMGA JALB ETISH — IJTIMOIY HIMOYANING MUHIM YO‘NALISHI
янв.21
OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI TO'G'RISIDA
янв.21
🇺🇿 DAVLAT DASTURI DOIRASIDA 24/7 XIZMAT KO‘RSATISH LOYIHALARI O‘RGANILDI
янв.21
📊 KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH — MANZILLI YONDASHUV
янв.21
📊 XOTIN-QIZLAR BILAN ISHLASH: SAMARADORLIK VA NATIJADORLIK
янв.21
⚡️ SESSIYA OLDI: TUMAN ETK RAHBARI HISOBOTI YUZASIDAN O‘RGANISH OLIB BORILDI
янв.21
🏘 MFY RAISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
«XIYOBONTEPA»MAHALLASIDAGI MUAMMOLI HOLAT YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI

Yunusobod tumani “Xiyobontepa” mahallasi, Bog‘ishamol ko‘chasi, 57/5–57/6-uylar oralig‘ida yuzaga kelgan muammoli holat fuqarolar murojaati asosida xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi Raisi, deputati Yusupov Ravshan Abilovich tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi.

🔎O‘rganish davomida mazkur hududda doimiy yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslar to‘planayotgani, bu esa aholi uchun noqulay vaziyat yuzaga keltirayotgani hamda fuqarolar tomonidan ushbu holat yuzasidan ichki ishlar organlariga murojaatlar qilinganligi aniqlandi.

📩Aniqlangan holat yuzasidan deputat Yusupov R.A. tomonidan tegishli mas’ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborildi.

📝Deputatlik so‘rovida hududdagi vaziyatni atroflicha o‘rganish, jamoat tartibi va fuqarolar osoyishtaligini ta’minlash, shuningdek, aniqlangan muammoni qonuniy tartibda hal etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish so‘raldi.

📌Deputat so‘rovi “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 5 va 8-moddalari asosida yuborildi. Mazkur Qonunning 8-moddasida deputatning vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan tegishli mansabdor shaxslarga deputat so‘rovi yuborish huquqi belgilangan.

🤝Fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarni joyiga chiqib o‘rganish va ularning qonuniy hal etilishini nazorat qilish — deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.