Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Ekspert guruhi:
янв.21
🚸 YANGIOBOD KO‘CHASIDA XAVFSIZ HARAKATLANISH SHAROITI YARATISH TO‘G‘RISIDA
янв.21
🏛 DOIMIY KOMISSIYA QARORI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Qaysi mansabdorlar shartli ravishda nomzod bo‘la oladi?
янв.21
🇺🇿 Yoshlar bilan muloqot: xorijda mehnat qilayotgan yoshlar holati o‘rganilmoqda
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Kengashlar – normativ-huquqiy hujjat qabul qilish huquqiga ega
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Deputatning asosiy vazifalari va saylovchilar bilan ishlash
янв.21
Deputat o‘z kasbiy faoliyatini quyidagi prinsiplar asosida amalga oshirishi kerak:
“Yangikent” mahallasida yoshlar bilan ishlash faoliyati o‘rganildi

#Kengash_raisi_faoliyati #KQ_35_ijrosi
#mahalla_yettiligi_bilan_hamkorlik

“Yangikent” mahallasida yoshlar bilan ishlash faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi J. Xudoyqulova tomonidan tuman Kengashiga 8-Yangi yo‘l saylov okrugidan saylangan deputat A. Ergashevning hududidagi “Yangikent” mahallasida yoshlar yetakchisining faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida mahallada yoshlar bilan ishlash, ularning muammolarini aniqlash va bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, yoshlarni sport, ta’lim va kasb-hunarga yo‘naltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-V-son qarorida belgilangan vazifalar, xususan, mahallalardagi muammolarni aniqlash, aholi bilan muloqot qilish hamda mahalliy Kengash deputatlarining tegishli hudud vakillari bilan hamkorligini kuchaytirish yo‘nalishlari asosida yoshlar yetakchisi faoliyatiga e’tibor qaratildi.

O‘rganish davomida yoshlar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda mavjud muammolarni hal etish imkoniyatlari muhokama qilindi. Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirilib, ularning ijrosi bo‘yicha nazoratni davom ettirish belgilandi.

Mazkur yo‘nalishdagi ishlar yoshlar bilan bevosita muloqotni kuchaytirish, ularning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va amaliy yechim topishga qaratilgan holda davom ettirilmoqda.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 2