Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Ekspert guruhi:
янв.21
🚸 YANGIOBOD KO‘CHASIDA XAVFSIZ HARAKATLANISH SHAROITI YARATISH TO‘G‘RISIDA
янв.21
🏛 DOIMIY KOMISSIYA QARORI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Qaysi mansabdorlar shartli ravishda nomzod bo‘la oladi?
янв.21
🇺🇿 Yoshlar bilan muloqot: xorijda mehnat qilayotgan yoshlar holati o‘rganilmoqda
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Kengashlar – normativ-huquqiy hujjat qabul qilish huquqiga ega
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Deputatning asosiy vazifalari va saylovchilar bilan ishlash
янв.21
Deputat o‘z kasbiy faoliyatini quyidagi prinsiplar asosida amalga oshirishi kerak:
Qonunchilik talablari ijrosi o‘rganildi

#Kengash_raisi_faoliyati #doimiy_komissiya_faoliyati
#162_ta_Qonun_ijrosi #biriktirilgan_tashkilot #deputat_faoliyati

Qonunchilik talablari ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi J. Xudoyqulova hamda tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi B. Botayeva tuman Ichki ishlar bo‘limida bo‘lib, biriktirilgan tashkilot bilan ishlash yo‘nalishi doirasida o‘rganish ishlarini olib bordi.

O‘rganish davomida ichki ishlar organlarining qonun hujjatlarida belgilangan vazifalarini bajarishi, jamoat tartibini saqlash, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda profilaktik tadbirlarni tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.

Shuningdek, “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 16-sentabrdagi O‘RQ-407-son Qonuni ijrosi yuzasidan tayyorlangan savolnoma asosida o‘rganish olib borildi.

Jarayon davomida ichki ishlar organlari faoliyatining qonunchilik talablariga muvofiqligi, fuqarolar bilan ishlash, murojaatlarni ko‘rib chiqish hamda jamoat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan ishlarning holatiga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan holatlar muhokama qilinib, qonunchilik talablariga rioya etish, faoliyat samaradorligini oshirish hamda mavjud masalalarni bartaraf etish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 2