Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
👨‍👩‍👧‍👦 IJTIMOIY REYESTRDAGI XONADONLARDA BANDLIK MASALASI O‘RGANILDI
янв.21
🏫 40-SON MAKTAB FAOLIYATI VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK O‘RGANILDI
янв.21
🏘️ KO'CHAMA KO'CHA AHOLI MUAMMOLARI XONADONBAY O‘RGANILMOQDA
янв.21
📚 TA’LIMGA JALB ETISH — IJTIMOIY HIMOYANING MUHIM YO‘NALISHI
янв.21
OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI TO'G'RISIDA
янв.21
🇺🇿 DAVLAT DASTURI DOIRASIDA 24/7 XIZMAT KO‘RSATISH LOYIHALARI O‘RGANILDI
янв.21
📊 KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH — MANZILLI YONDASHUV
янв.21
📊 XOTIN-QIZLAR BILAN ISHLASH: SAMARADORLIK VA NATIJADORLIK
янв.21
⚡️ SESSIYA OLDI: TUMAN ETK RAHBARI HISOBOTI YUZASIDAN O‘RGANISH OLIB BORILDI
янв.21
🏘 MFY RAISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
DEPUTATLAR VA "MAHALLA YETTILIGI", TUMAN HOKIMLIGI MA'SULLARI HAMKORLIGIDA HUDUDDAGI MUAMMOLAR O‘RGANILDI

DEPUTATLAR VA "MAHALLA YETTILIGI", TUMAN HOKIMLIGI MA'SULLARI HAMKORLIGIDA HUDUDDAGI MUAMMOLAR O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Ko‘kdala tuman Kengashi kotibiyat mudiri, 19-Xushali saylov okrugi deputati F. Bektemirov, 18-Shurbozor saylov okrugi deputati Q. Jumayev hamda tuman hokimligi mas'ullari hamkorligida bugungi kunda "Yangi O‘zbekiston" qiyofasi yaratilayotgan Ko‘kdala mahalla fuqarolar yig‘inida o‘rganish ishlari olib borildi.

     O‘rganish davomida mahalla ichki yo‘llarining holati, hududni obodonlashtirish, aholi xonadonlarini "Yangi O‘zbekiston" qiyofasiga mos ravishda shakllantirish hamda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari yuzasidan fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Suhbatlar davomida 14-Ko‘kdala saylov okrugi hududidagi mavjud muammolar atroflicha tahlil qilinib, ularning aksariyati mas'ul tashkilotlar ishtirokida joyida hal etildi.
Tuman darajasida yechim talab etadigan masalalarni esa O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-V-son qarori ijrosini ta'minlash, hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini tizimli hal etishda mahalliy Kengash deputatlari va "mahalla yettiligi" hamkorligini yanada kuchaytirish maqsadida navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritish uchun tegishli doimiy komissiyalar muhokamasiga taqdim etish belgilab olindi.

 Fuqarolar bilan doimiy muloqot, muammolarni joyida o‘rganish va ularning amaliy yechimini ta'minlash — mahalliy Kengash deputatlarining ustuvor vazifalaridan biridir.

Slide 1 of 4