📌 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati tomonidan hududda reklama obyektlari va reklama materiallarining amaldagi qonunchilik talablariga muvofiqligi yuzasidan monitoring o‘tkazildi.
🔹 O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 7-iyundagi “Reklama to‘g‘risida”gi O‘RQ-776-son Qonuni talablari asosida;
🔹 tashqi reklama obyektlarining joylashtirilishi va ko‘rinishi;
🔹 reklama mazmunining qonunchilik talablariga muvofiqligi;
🔹 reklamada davlat tilidan foydalanish holati;
🔹 fuqarolarni chalg‘ituvchi yoki noto‘g‘ri ma’lumotlardan foydalanilmasligi;
🔹 reklama obyektlarining belgilangan talablarga rioya qilgan holda joylashtirilishi holatlari o‘rganildi.
🔎 Monitoring davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda reklama sohasida qonunchilik talablariga qat’iy rioya etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.