Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
👨‍👩‍👧‍👦 IJTIMOIY REYESTRDAGI XONADONLARDA BANDLIK MASALASI O‘RGANILDI
янв.21
🏫 40-SON MAKTAB FAOLIYATI VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK O‘RGANILDI
янв.21
🏘️ KO'CHAMA KO'CHA AHOLI MUAMMOLARI XONADONBAY O‘RGANILMOQDA
янв.21
📚 TA’LIMGA JALB ETISH — IJTIMOIY HIMOYANING MUHIM YO‘NALISHI
янв.21
OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI TO'G'RISIDA
янв.21
🇺🇿 DAVLAT DASTURI DOIRASIDA 24/7 XIZMAT KO‘RSATISH LOYIHALARI O‘RGANILDI
янв.21
📊 KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH — MANZILLI YONDASHUV
янв.21
📊 XOTIN-QIZLAR BILAN ISHLASH: SAMARADORLIK VA NATIJADORLIK
янв.21
⚡️ SESSIYA OLDI: TUMAN ETK RAHBARI HISOBOTI YUZASIDAN O‘RGANISH OLIB BORILDI
янв.21
🏘 MFY RAISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
Kengash_faoliyati

#Kengash_raisi
#162_ta_qonun
#deputatlar_

Bandixon tumanida deputatlik etikasi va qonunlar ijrosini ta’minlash masalalari muhokama qilindi

Bandixon tumanida mahalliy Kengash deputatlarining xizmat odobi va kasbiy etika me’yorlarini takomillashtirish, shuningdek, amaldagi qonunchilik hujjatlarining joylardagi ijrosini monitoring qilish borasida yangi tizim joriy etilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi raisi boshchiligida deputatlar va Kotibiyat mas’ullari ishtirokida navbatdagi ishchi yig‘ilish o‘tkazildi. Tadbirda asosiy e’tibor deputatlarning Odob-axloq qoidalari talablariga rioya etishi, xizmat intizomini mustahkamlash hamda fuqarolar bilan ishlashda yuksak madaniyatni namoyon etish masalalariga qaratildi.

Shuningdek, yig‘ilishda respublika miqyosidagi eng muhim qonun hujjatlarining tuman Kengashi doimiy komissiyalari kesimidagi taqsimoti va unga ko‘ra, har bir doimiy komissiyaga o‘z sohasiga oid qonunlar ijrosi yuzasidan nazorat-tahlil tadbirlarini o‘tkazish va hisobdorlikni ta’minlash vazifasi yuklatildi.

Kengash raisi o‘z nutqida halollik va shaffoflik tamoyillariga sodiq qolgan holda xalq manfaati yo‘lida xizmat qilish har bir deputatning ma’naviy burchi ekanini qayd etdi. Yig‘ilish yakunida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 2