🤝 Xalq deputatlari “Adolat” SDPdan saylangan 11-Istiqbol saylov okrugi deputati Dosova Gulxumar Kuranbayevna hamda Kotibiyat bosh mutaxassisi Ro‘zmetov Umrbek Shavkatovich Shovot tumanidagi Paxtakor mahallasida bo‘lib, aholi bilan yuzma-yuz muloqot qildi.
📍 O‘rganish davomida Maxtumquli ko‘chasida yashovchi fuqarolar tomonidan bir qator muammolar ko‘tarildi.
🌐 Internet tarmog‘idagi uzilishlar bo‘yicha shu joyning o‘zida tegishli tashkilotlar bilan bog‘lanildi. Natijada texnik xizmat ko‘rsatish xodimlari yetib kelib, aniqlangan muammoni joyida bartaraf etdilar. ✅
🗑 Shuningdek, maishiy chiqindilar o‘z vaqtida olib chiqilmayotgani bo‘yicha “Toza hudud” DUK rahbari bilan bog‘lanildi.
📌 Mas’ullar tomonidan aniqlangan muammoni shu hafta oxirigacha bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilishi bildirildi.
💬 Deputatning aholi bilan bevosita muloqoti — muammolarni joyida aniqlash va tezkor hal etishning muhim omilidir.
🇺🇿 Xalq bilan birga — xalq uchun!