35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
DEPUTATLIK SOʻROVI IJOBIY ECHIM TOPDI 💧✅
янв.21
🏘 Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holati o‘rganildi
янв.21
🏛 VILOYAT KENGASHI QARORI IJROSI — DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Shovot tumani Xalq deputatlari Kengashining reglamenti
янв.21
🚀 “Kelajak” markazi: yoshlar uchun yangi imkoniyatlar sari
янв.21
📍 Sessiya oldidan aholi murojaatlari bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
📍 Ipakchi mahallasida aholi muammolari joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
🛣 Mevazor mahallasida ichki yo‘llar holati o‘rganildi
янв.21
📍 Gulshan mahallasida qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
💧 Ko‘chama-ko‘cha yurib, ichimlik suvi ta’minoti o‘rganilmoqda
#Deputat_nazorati 🤝 “MAHALLA YETTILIGI – KENGASH – SENAT”: HAMKORLIK IZCHIL DAVOM ETMOQDA



📍 Hududlarni kompleks rivojlantirish, aholi muammolarini manzilli hal etish hamda mahalliy Kengash deputatlari va “Mahalla yettiligi” o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash maqsadida Chinoz tumanida tizimli ishlar olib borilmoqda.

⚡️ O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-V-sonli qarori ijrosi doirasida Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi kotibiyati mudiri Asqar Baxromov tomonidan “Sohibkor” MFYdagi “Mahalla yettiligi” va ko‘cha boshlari faoliyati o‘rganildi.

🔎 O‘rganish davomida:
🔹 aholi muammolarini joyida aniqlash va hal etish;
🔹 tadbirkorlik va aholi bandligini ta’minlash;
🔹 yoshlar va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash;
🔹 ijtimoiy yordam va xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish;
🔹 huquqbuzarliklarning oldini olish va jamoat xavfsizligini ta’minlash;
🔹 obodonlashtirish hamda ko‘cha boshlarining aholi bilan ishlash samaradorligi tahlil qilindi.

📝 O‘rganish yakunida “Mahalla yettiligi” va ko‘cha boshlari bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish, ijro intizomini mustahkamlash va fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida hal etish yuzasidan tavsiya va takliflar berildi.

✨ Shuningdek, mahallalarda aholiga qonunchilikdagi yangiliklar, Prezident farmon va qarorlari hamda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati tushuntirilib, ularning ijrosi yuzasidan doimiy deputatlik nazorati olib borilmoqda.

🇺🇿 Mahalla – Kengash – Senat hamkorligi — xalq manfaatlari yo‘lida!

Slide 1 of 3