35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
DEPUTATLIK SOʻROVI IJOBIY ECHIM TOPDI 💧✅
янв.21
🏛 VILOYAT KENGASHI QARORI IJROSI — DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
🏘 Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holati o‘rganildi
янв.21
Shovot tumani Xalq deputatlari Kengashining reglamenti
янв.21
🚀 “Kelajak” markazi: yoshlar uchun yangi imkoniyatlar sari
янв.21
📍 Sessiya oldidan aholi murojaatlari bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
📍 Ipakchi mahallasida aholi muammolari joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
🛣 Mevazor mahallasida ichki yo‘llar holati o‘rganildi
янв.21
📍 Gulshan mahallasida qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
💧 Ko‘chama-ko‘cha yurib, ichimlik suvi ta’minoti o‘rganilmoqda
Chinoz_tumani 🏛 MUZEY — TARIX VA XOTIRA MASKANI



Chinoz tumanidagi Yaxshi Niyat MFY, Samarqand ko‘chasida joylashgan Tursunoy Oxunova muzeyida mazmunli va tarbiyaviy ahamiyatga ega uchrashuv tashkil etildi.

🔰 Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashiga O‘zLiDeP partiyasidan 24-Eski Toshkent saylov okrugidan saylangan deputat Laziza Sobirjonova muzey faoliyati, undagi mavjud sharoitlar hamda tarixiy eksponatlarning saqlanish holati bilan yaqindan tanishdi.

📝 O‘rganish davomida muzey binosining texnik holati, eksponatlarni asrab-avaylash, tashkiliy ishlar va tashrif buyuruvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Aniqlangan masalalar yuzasidan muzey faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar bildirildi.

👧👦 Tashrifning eng quvonarli jihati — 9-sonli “Aqilvoy” nomli maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarining muzeyga tashrifi bo‘ldi. Beg‘ubor bolajonlar tarixiy maskan bilan tanishib, undagi suratlar, eksponatlar va madaniy meros namunalari haqida qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

📸 Rasmlarda ham bolajonlarning muzeyga bo‘lgan qiziqishi, tarix bilan yaqindan tanishayotgani va ustozlar hamrohligidagi mazmunli tashrifi aks etgan. Bunday sayohatlar yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat va tarixiy merosga ehtirom tuyg‘ularini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

🌿 Muzey — shunchaki eksponatlar saqlanadigan joy emas. U ajdodlar xotirasi, tarix saboqlari va kelajak avlod tarbiyasini birlashtiruvchi muhim ma’naviy-ma’rifiy maskandir.

✅ O‘rganish yakunida muzey infratuzilmasini yaxshilash, uning jozibadorligini oshirish, tarixiy merosni asrab-avaylash va yoshlar uchun yanada qiziqarli maskanga aylantirish yuzasidan fikr va tavsiyalar bildirildi.

Slide 1 of 4