35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
🏘 Uyma-uy yurib, fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
🤝 Deputat va tashkilot hamkorligi
янв.21
🏛 Mahalla faoliyati o‘rganildi
янв.21
📋 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING 📅 2026-yil 17–21-avgust kunlariga mo‘ljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
🏛 Hududlarda aholi daromadini oshirish va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ishlar o‘rganildi
янв.21
📊 HAFTALIK DAYJES XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI TOMONIDAN 10–15 AVGUST KUNLARI AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR
янв.21
🏛 DEPUTAT SO‘ROVI: ELEKTR TA’MINOTI MASALASI O‘RGANILDI
янв.21
🏢 DAVLAT DASTURLARI IJROSI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
🛡 Mahallada profilaktika inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
🚶‍♂️ “Ko‘chama-ko‘cha” yurish: aholi muammolari joyida o‘rganildi
📊 HAFTALIK DAYJES XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI TOMONIDAN 10–15 AVGUST KUNLARI AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR

📅 10-AVGUST
🔹 Kengash qarorlari ijrosi va mahalliy budjetning I yarim yillik hamda II chorak yakunlari ko‘rib chiqildi.
🔹 Tibbiyot muassasalaridagi liftlar, oziq-ovqat mahsulotlari sifati va “Agrobank” Shovot filiali faoliyati o‘rganildi.
🔹 Paxtakor mahallasida aholi muammolari joyida o‘rganildi.
📅 11-AVGUST
🔹 Asavey mahallasidagi yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha deputatlik so‘rovi ijobiy hal etildi.
🔹 Ijtimoiy himoya, yo‘l infratuzilmasi va chegara savdo markazi faoliyati o‘rganildi.
🔹 Aholi bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, Xalq qabulxonasi faoliyati tahlil qilindi.
📅 12-AVGUST
🔹 Qiyot va Beshchiqir mahallalarida aholi bilan xonadonma-xonadon muloqotlar o‘tkazildi.
🔹 Deputatlik so‘rovlari ijrosi hamda jamoatchilik nazorati masalalari o‘rganildi.
📅 13-AVGUST
🔹 Asavey mahallasidagi ichimlik suvi quvuridagi nosozlik yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi.
🔹 Fuqarolarga huquqiy maslahat va amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.
🔹 Davlat xizmatlari markazi, Mudofaa bo‘limi va oilaviy tadbirkorlik faoliyati o‘rganildi.
🔹 Yoshlar va tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
📅 14-AVGUST
🔹 Fuqarolar murojaatlari o‘rganilib, piyodalar yo‘lakchasi va yo‘l xavfsizligi masalalari nazoratga olindi.
🔹 Beshmergan mahallasida Yusuf Hamadoniy ziyoratgohi, ichki yo‘llar va tungi yoritish holati o‘rganildi.
🔹 Profilaktika inspektori faoliyati hamda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi ijrosi monitoring qilindi.
📅 15-AVGUST
🔹 Hududlarda aholi murojaatlarini joyida o‘rganish, deputatlik nazorati va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi ijrosi bo‘yicha ishlar davom ettirildi.
📌 ASOSIY MAQSAD
Aholi muammolarini joyida aniqlash, murojaatlarni nazoratga olish va ularning amaliy yechimini ta’minlash.