35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVI
янв.21
🏛 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyati faoliyati
янв.21
🎼 MADANIY FAOLIYAT VA MADANIYAT TASHKILOTLARI TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
🏛 DEPUTAT VA TASHKILOT HAMKORLIGI
янв.21
🇺🇿 “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!”
янв.21
🏘 Kengash qarori asosida byudjet mablag‘laridan maqsadli foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
🏭 “Lazizbek Madinabonu” MChJ faoliyati o‘rganildi
янв.21
🛡 Profilaktika inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
📈 PQ-49-son qarori ijrosi: Yangi O‘zbekiston mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
👥 Yoshlar maslahat guruhi: Yangi O‘zbekiston mahallasida yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar o‘rganildi
#bozor #jamoatchilik_nazorati

Aholi farovonligi, bozordagi narx-navo barqarorligini ta'minlash va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish xalq vakillarining doimiy diqqat markazida.
Shu munosabat bilan Olmaliq shahar "Oydin" dehqon bozorida navbatdagi deputatlik nazorati tadbiri o‘tkazildi.
Nazorat tadbirida Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati Abdujabbor Djurayev hamda Shahar Kengashi Kotibiyatidan biriktirilgan vakil Muhriddin Begmatov ishtirok etdilar.

O‘rganishlar davomida ishchi guruh tomonidan bozor hududidagi quyidagi muhim masalalar ko‘zdan kechirildi:
🟢Oziq-ovqat, go‘sht-sut va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining sanitariya-gigiyena talablariga mosligi hamda ularning saqlanish sharoitlari ko‘zdan kechirildi.
📈Kundalik ehtiyoj uchun zarur bo‘lgan asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari (go‘sht, yog‘, un, kartoshka, piyoz, sabzi va boshqalar) narxlarining sun'iy ravishda oshib ketishining oldini olish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.
📦Aholi talabini узluksiz va yetarli darajada qondirish maqsadida yaratilgan oziq-ovqat zahiralari va ularning yetkazib berilish zanjiri ko‘rib chiqildi.
⚖️Xaridorlarni aldamaslik va peshlavhalarda narxlarning shaffof ko‘rsatib qo‘yilganligi nazorat qilindi.
"Bozor — xalqimizning kayfiyati va farovonligini ko‘rsatuvchi ko‘zgu. Bizning asosiy maqsadimiz — bozorlarda sun'iy narx oshishiga yo‘l qo‘ymaslik, mahsulotlar mo‘l-ko‘lligi va ularning sifatli bo‘lishini ta'minlashdir," — deb ta'kidladi deputat A. Djurayev.
Tadbiri yakunida bozor ma'muriyatiga aniqlangan kichik kamchiliklarni bartaraf etish hamda sotuvchilar va xaridorlar uchun yanada qulay sharoitlar yaratish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

Aholi manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan bunday deputatlik nazorati tadbirlari shahar bo‘ylab izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 5