35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
🏘 Aholining ko‘chama ko‘cha yurish orqali muammolar o‘rganildi
янв.21
📢 YOSHLAR MASLAHAT GURUHI FAOLIYATI TAKOMILLASHTIRILADI
янв.21
🌷 XOTIN-QIZLAR MASALALARI BO‘YICHA MUHIM NATIJALAR
янв.21
📊 BUDJET DAROMADLARI IJROSI TA’MINLANDI
янв.21
Deputatlik nazorati: chegara savdo markazi faoliyati o‘rganildi
янв.21
🏗 Deputatlik nazorati: Shovot tumanida yo‘l infratuzilmasi yaxshilanmoqda
янв.21
📢 DEPUTATLIK SO‘ROVI IJOBIY YECHIM TOPDI! ✅
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN QONUN IJROSI SAVLNOMA ASOSIDA O’RGANILDI.
янв.21
🏘 DEPUTAT KO‘CHAMA-KO‘CHA YURIB, AHOLI MUAMMOLARINI O‘RGANMOQDA
янв.21
🏛 Deputatga biriktirilgan “Iste’mol krediti to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan doimiy komissiya o‘rganishi
Kengash_faoliyati

"Bandixon" mahallasida amalga oshirilgan ishlar o'rganildi

Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashi raisi E. Jurayev hamda kotibiyat mudiri tomonidan "Bandixon" mahallasida ilgari berilgan topshiriq va tavsiyalarning ijrosi qayta ko'zdan kechirildi.

Qayta o'rganish yakunlariga ko'ra, aniqlangan kamchiliklar qisqa muddatlarda bartaraf etilgani, hududda obodonlashtirish, bunyodkorlik va ko'kalamzorlashtirish ishlari belgilangan reja asosida to'liq hamda sifatli amalga oshirilgani qayd etildi.

"Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida rejalashtirilgan daraxt ko'chatlari to'liq ekilib, ularni muntazam parvarishlash ishlari yo'lga qo'yildi. Mahallada yashil hududlar kengaytirilib, ekologik va estetik muhit yanada yaxshilandi.

Mahalla ko'chalari, ariq va zovurlar tozalanib, sanitariya holati talab darajasiga keltirildi. Maishiy chiqindilarni o'z vaqtida olib chiqish tizimi samarali yo'lga qo'yildi.

"Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi" doirasidagi tadbirlar to'liq amalga oshirilib, ehtiyojmand oilalar hamda yolg'iz keksalarni qo'llab-quvvatlash bo'yicha amaliy ishlar tashkil etildi.

Shuningdek, Bandixon tumanidagi mahalliy ahamiyatga ega 75V089-sonli "Oybek qo'rg'oni – Bandixon Shreder ilmiy-tadqiqot xo'jaligi" avtomobil yo'lining Bandixon, Bahoriston, Gulbog' va Qaldirg'och mahallalari hududidan o'tuvchi 13 kilometrlik qismida sifatli asfalt qoplamasi yotqizilib, aholining xavfsiz va qulay harakatlanishi uchun zamonaviy yo'l infratuzilmasi yaratildi.

O'rganish natijalariga ko'ra, Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashi tomonidan berilgan topshiriqlar to'liq ijro etilgani hamda mas'ul tashkilotlarning hamkorlikdagi faoliyati natijasida barcha vazifalar o'z vaqtida va yuqori sifat bilan bajarilgani e'tirof etildi.

Deputatlik nazorati hududlarda olib borilayotgan islohotlar samaradorligini oshirish, obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlarini izchil davom ettirish hamda aholi farovonligini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 8