35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
🏘 Aholining ko‘chama ko‘cha yurish orqali muammolar o‘rganildi
янв.21
🌷 XOTIN-QIZLAR MASALALARI BO‘YICHA MUHIM NATIJALAR
янв.21
📢 YOSHLAR MASLAHAT GURUHI FAOLIYATI TAKOMILLASHTIRILADI
янв.21
📊 BUDJET DAROMADLARI IJROSI TA’MINLANDI
янв.21
Deputatlik nazorati: chegara savdo markazi faoliyati o‘rganildi
янв.21
🏗 Deputatlik nazorati: Shovot tumanida yo‘l infratuzilmasi yaxshilanmoqda
янв.21
📢 DEPUTATLIK SO‘ROVI IJOBIY YECHIM TOPDI! ✅
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN QONUN IJROSI SAVLNOMA ASOSIDA O’RGANILDI.
янв.21
🏘 DEPUTAT KO‘CHAMA-KO‘CHA YURIB, AHOLI MUAMMOLARINI O‘RGANMOQDA
янв.21
🏛 Deputatga biriktirilgan “Iste’mol krediti to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan doimiy komissiya o‘rganishi
A.SOG'UNIY KO'CHASIDAGI ISSIQLIK TA’MINOTI TIZIMI KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORLANMOQDA

#Deputatlik_nazorati #Kotibiyat_hududlarda #24_ta_tavsiyaviy_savol

A.SOG'UNIY KO'CHASIDAGI ISSIQLIK TA’MINOTI TIZIMI KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORLANMOQDA

🇺🇿 Joriy yilning 29-iyul kuni Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva rahbarligida o‘tkazilgan yig‘ilishda senatorlar va mahalliy Kengashlar deputatlarining nazorat faoliyati samaradorligini oshirish, energetika tizimi barqarorligini ta’minlash hamda kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish masalalari muhokama qilindi. Yig‘ilishda belgilangan vazifalardan kelib chiqib, hududlarda mavjud muammolarni joyiga chiqqan holda o‘rganish va ularni bartaraf etish yuzasidan amaliy choralar ko‘rish muhimligi ta’kidlandi.

🇺🇿 Mazkur topshiriqlar ijrosi doirasida xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashiga O'zbekiston milliy tiklanish demokratik partiyasidan saylangan "17-Guliston" okrugi deputati Tursunova Shahnoza Jurakulovna tashabbus bilan A.Sog'uniy ko‘chasidagi issiqlik ta’minoti tizimini kuz-qish mavsumiga tayyorlash holati o‘rganildi. Jarayonda 500 metrdan ziyod masofada issiqlik tarmog‘ining quvurlarini almashtirish ishlari olib borilayotgani, xususan, diametri 325 millimetr bo‘lgan yangi quvurlar yotqizilayotgani ko‘zdan kechirildi.

🕯 Mazkur loyiha hududdagi ko‘p qavatli uylarni kuz-qish mavsumida barqaror va uzluksiz issiqlik hamda issiq suv bilan ta’minlash, mavjud issiqlik tarmoqlaridagi yo‘qotishlarni kamaytirish va aholiga qulay shart-sharoit yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, «Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi» doirasida hudud infratuzilmasini yaxshilash va aholi uchun munosib sharoit yaratish borasidagi ishlarning sifatli amalga oshirilishiga alohida e’tibor qaratildi.

📊 O‘rganish davomida bajarilayotgan ishlarning sifati, belgilangan muddatlarda yakunlanishi hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlarini jadallashtirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi. Mazkur masala deputatlik nazoratiga olinib, ishlarning yakuniga yetkazilishi va aholiga barqaror issiqlik xizmatlari ko‘rsatilishi monitoring qilib borilishi belgilandi.

💼 O‘rganishda Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati mudiri Anvar Usmanov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Umidbek Abilov ishtirok etdi.

Slide 1 of 6