35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari bo‘yicha huquqlarni e’tirof etish tartibi belgilandi

Mazkur qonun fuqarolarning mulk huquqlarini qonuniy asosda e’tirof etish, mulk munosabatlarida huquqiy aniqlik va barqarorlikni ta’minlash hamda qonunchilik talablariga javob beradigan obyektlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga xizmat qiladi.

Huquqlarni e’tirof etishda yer uchastkasidan uzoq muddat davomida foydalanilganligi, unda qurilgan bino va inshootlarning belgilangan qurilish me’yorlariga muvofiqligi hamda jamoat manfaatlariga zid emasligi kabi mezonlar hisobga olinadi.

Shu bilan birga, qonun talablariga zid ravishda egallangan, jamoat ehtiyojlari uchun zarur bo‘lgan yoki qurilish va xavfsizlik me’yorlariga javob bermaydigan obyektlarga nisbatan mazkur tartib qo‘llanilmaydi.