35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

🏛✅ XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING QARORI QABUL QILINDI

📄 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining tegishli qarori ijrosini ta’minlash hamda ajratilgan budjet mablag‘larining maqsadli va samarali sarflanishi ustidan deputatlik nazorati olib borilmoqda.
💰 Qarorga muvofiq:
✅ Shovot tumani budjetining erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan 27,0 million so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.
✅ Maxsus g‘azna hisobvaraqlariga tushgan tushumlar hisobidan 470,0 million so‘m mablag‘ ajratildi.
🎯 Mazkur mablag‘lar hududda ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmani rivojlantirish, elektr ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish hamda belgilangan tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirishga yo‘naltirilgan.
📋 Qarorda mas’ul tashkilotlarga:
🔹 ajratilgan mablag‘lardan maqsadli foydalanish;
🔹 belgilangan ishlarni o‘z muddatida bajarish;
🔹 moliyaviy hujjatlarni qonunchilik talablariga muvofiq rasmiylashtirish;
🔹 amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot taqdim etish vazifalari belgilangan.
👥 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi tomonidan qaror ijrosi doimiy deputatlik nazoratida bo‘lib, ajratilgan mablag‘larning samaradorligi va shaffofligi yuzasidan tizimli monitoring ishlari davom ettiriladi.