Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining 4-Oltin-qal’a saylov okrugidan saylangan deputati Ismailov Xursand Baltabayevich, Shovot tumani Kengashi kotibiyatining bosh mutaxassisi D. Abdrimova hamda O‘zbekiston XDP Shovot tuman Kengashi raisi O. Akimova ishtirokida saylov okrugi hududida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida “UZTEX GROUP” mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi qo‘shma korxonaning faoliyati bilan yaqindan tanishildi. Korxonada ishchi-xodimlar uchun yaratilgan mehnat sharoitlari, ishlab chiqarish jarayonlari hamda mavjud imkoniyatlar ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, ishchi-xodimlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning taklif va murojaatlari tinglandi. Bildirilgan fikr va mulohazalar yuzasidan tegishli tavsiya hamda takliflar berildi.