Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi kotibiyati va mas’ul vakillar tomonidan hududlarda aholi bilan yuzma-yuz muloqotlar davom etmoqda.
Kuni kecha “Xalqlar do‘stligi” MFY, Navbahor ko‘chasida yashovchi fuqarolar bilan navbatdagi sayyor uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda:
G‘. Uzoqov — Tuman Kengashi kotibiyati mudiri, J. Ergashev — Kotibiyat mutaxassisi, O. Nosirov — Yoshlar maslahat guruhi a’zosi, N. Turayev — "Adolat" SDP tuman Kengashi raisi ishtirok etdilar.
Muloqot davomida hudud aholisini qiynab kelayotgan dolzarb muammolar hamda infratuzilmani yaxshilashga oid takliflar atroflichta tinglandi.
Bildirilgan murojaat va muammolar tegishli tartibda nazoratga olindi hamda ularni bosqichma-bosqich hal etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi.