🤝 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashiga "Milliy Tiklanish" demokratik partiyasidan saylangan 12-Arbob saylov okrugi deputati Nurjanova Matluba Odamboyevna tomonidan Arbob mahallasida ko‘chama-ko‘cha yurilib, ko‘p qavatli uylarda istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.
🚶♀️ Uchrashuvlar davomida aholi murojaatlari, taklif va muammolari bevosita joyiga chiqqan holda o‘rganildi. Shuningdek, ko‘p qavatli uylar atrofidagi obodonlashtirish ishlari, infratuzilma holati hamda fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
💬 Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar yuzasidan tegishli mas'ullarga vazifalar belgilandi hamda ularni qonunchilik doirasida ijobiy hal etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rish yuzasidan tavsiyalar berildi.
👥 O‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyati mudiri Masharipov Izzat Masharipovich hamda kotibiyat hodimi Ro‘zmetov Umrbek Shavkatovich ham ishtirok etib, fuqarolar bilan ochiq muloqot olib bordilar.
✅ Aholi bilan bevosita muloqot qilish, ularning murojaatlarini joyida o‘rganish va mavjud muammolarga amaliy yechim topish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.