Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
“Tashabbusli budjet” loyihalari ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Jinoyatchilikning oldini olish va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari sessiya kun tartibidan o‘rin oldi
янв.21
Aholi murojaatlari – deputatlik nazoratida
янв.21
📍 Shovot tumani Kengashida "Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik" jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
🏗 DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
📌 Shovot tumanida bolalar saratoniga qarshi kurashish masalasi Kengash sessiyasida muhokama qilindi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING YIGIRMA YETTINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING XXVII SESSIYASI
янв.21
📢 DEPUTAT SO‘ROVI O‘RGANILDI
янв.21
📌 DEPUTAT SO‘ROVI
Sessiya oldi o‘rganish amalga oshirildi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasi hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi E.Turayev tomonidan navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan sessiya oldi o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida tuman hokimligi huzuridagi “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan hududlarda yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, ichki yo‘llarni ta’mirlash va aholi uchun qulay transport harakatini ta’minlash maqsadida mablag‘ ajratish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, ajratilishi rejalashtirilayotgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi, yo‘l ta’miri ishlari amalga oshiriladigan manzillar hamda ushbu loyihalarning hudud aholisi uchun ahamiyati yuzasidan tegishli ma’lumotlar o‘rganildi.

Mazkur sessiya oldi o‘rganish natijalari navbatdagi sessiyada muhokama qilinadi.

Slide 1 of 3