Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Jinoyatchilikning oldini olish va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari sessiya kun tartibidan o‘rin oldi
янв.21
“Tashabbusli budjet” loyihalari ijrosi o‘rganildi.
янв.21
📍 Shovot tumani Kengashida "Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik" jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
Aholi murojaatlari – deputatlik nazoratida
янв.21
🏗 DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
📌 Shovot tumanida bolalar saratoniga qarshi kurashish masalasi Kengash sessiyasida muhokama qilindi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING YIGIRMA YETTINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING XXVII SESSIYASI
янв.21
📌 DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
📢 DEPUTAT SO‘ROVI O‘RGANILDI
“Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov tomonidan deputat G.Payg‘amova saylangan "To‘g‘onboshi" mahalla fuqarolar yig‘inida O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida shahar hokimining maslahatchisi D.Alimova tomonidan amaliy ko‘mak ko‘rsatilib, mahalla fuqarolar yig‘inida davlat tili to‘g‘risidagi qonunchilik talablarining amaliy ijrosi atroflicha tahlil qilindi.

Xususan, xizmat hujjatlarining lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida yuritilishi, ichki hujjatlar, peshlavha va ko‘rgazmali axborot vositalarining amaldagi qonunchilik talablariga muvofiqligi, shuningdek, fuqarolar bilan muloqot jarayonida davlat tilidan to‘g‘ri foydalanish holati o‘rganildi.

Shuningdek, mahalla mas’ullari bilan davlat tilining nufuzini yanada oshirish, hujjat yuritish madaniyatini takomillashtirish hamda qonun talablariga to‘liq rioya etilishini ta’minlash yuzasidan fikr almashilib, tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan zarur tavsiyalar berilib, “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun talablarining izchil ijrosini ta’minlash bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4