Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
“Tashabbusli budjet” loyihalari ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Jinoyatchilikning oldini olish va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari sessiya kun tartibidan o‘rin oldi
янв.21
Aholi murojaatlari – deputatlik nazoratida
янв.21
📍 Shovot tumani Kengashida "Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik" jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
🏗 DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
📌 Shovot tumanida bolalar saratoniga qarshi kurashish masalasi Kengash sessiyasida muhokama qilindi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING YIGIRMA YETTINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING XXVII SESSIYASI
янв.21
📢 DEPUTAT SO‘ROVI O‘RGANILDI
янв.21
📌 DEPUTAT SO‘ROVI
KO‘P QAVATLI UYLARNI TA'MIRLASH ISHLARI DEPUTATLIK NAZORATIDA

Shu maqsadda bugun Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi D.Normurodova, Kengash kotibiyati mudiri A.Ashurov hamda Kengash kotibiyati xodimi R.Mamashukurov 6-"Alpomish" saylov okrugi hududida bo‘lib, ko‘p qavatli uylarning fasad qismlarini ta'mirlash ishlari bilan yaqindan tanishdilar.

Monitoring davomida amalga oshirilayotgan qurilish-ta'mirlash ishlarining sifati, belgilangan muddatlarga rioya etilishi, qurilish me'yorlari asosida olib borilayotgani hamda aholi uchun qulay va zamonaviy yashash muhitini yaratishga qaratilgan ishlar joyida ko‘zdan kechirildi.

Mas'ul tashkilotlar bilan muloqot davomida ishlarning borishi, mavjud muammolar va ularni tezkor bartaraf etish yuzasidan fikr almashilib, qurilish ishlarini sifatli va o‘z vaqtida yakunlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Mazkur dastur doirasida ko‘p kvartirali uylarning tutash hududlarini obodonlashtirish, infratuzilmani yaxshilash, fasadlarni zamonaviy ko‘rinishga keltirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi tomonidan Kengash qarorlari va davlat dasturlari ijrosi ustidan deputatlik nazorati izchil davom ettirilib, har bir loyihaning sifatli va samarali amalga oshirilishi doimiy monitoring qilib boriladi.

Slide 1 of 7