Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Jinoyatchilikning oldini olish va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari sessiya kun tartibidan o‘rin oldi
янв.21
“Tashabbusli budjet” loyihalari ijrosi o‘rganildi.
янв.21
📍 Shovot tumani Kengashida "Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik" jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
Aholi murojaatlari – deputatlik nazoratida
янв.21
🏗 DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
📌 Shovot tumanida bolalar saratoniga qarshi kurashish masalasi Kengash sessiyasida muhokama qilindi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING YIGIRMA YETTINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING XXVII SESSIYASI
янв.21
📌 DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
📢 DEPUTAT SO‘ROVI O‘RGANILDI
QONUNCHILIKKA TAKLIF

📌DAVLAT VETERINARIYA NAZORATI TAKOMILLASHTIRILMOQDA

Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashi deputatlari tomonidan “Veterinariya toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasi atroflicha muhokama qilindi.

Baxmal tumani asosan chorvachilikka ixtisoslashgan hududlardan biri boʻlganligi bois, deputatlarimiz tomonidan qonun loyihasini yanada takomillashtirish boʻyicha quyidagi hayotiy takliflar ilgari surildi:

🔹 Raqamlashtirilgan epizootik monitoring: Tumandagi barcha chorva mollari kasalliklarini barvaqt aniqlash uchun inson omilisiz ishlovchi yagona elektron xavfni prognoz qilish tizimini qonunan mustahkamlash.
🔹 Tadbirkorlar himoyasi: Veterinariya nazorati va tekshiruvlarini faqat “Xavfni tahlil qilish” (Risk assessment) tizimi orqali, elektron xabardor qilgan holda oʻtkazish. Bu halol tadbirkorlarni asossiz tekshirishni cheklaydi.
🔹 QR-kodli nazorat: Veterinariya dori vositalari va ozuqa qoʻshimchalari muomalasida majburiy milliy markirovkalash (QR-kod) tizimini joriy etish. Bu sifatsiz va kontrafakt dorilarning oldini oladi.
🔹 Jamoatchilik nazorati: Qushxonalar va yirik chorvachilik subyektlari tomonidan sanitariya-ekologiya meʼyorlari buzilishi ustidan ekologik tashkilotlar va mahalliy aholining jamoatchilik nazorati huquqini kengaytirish.

Deputatlarimiz tomonidan berilgan ushbu takliflar Baxmal ahli va tadbirkorlari manfaatlarini himoya qilishga, goʻsht va sut mahsulotlari xavfsizligini taʼminlashga xizmat qiladi.

 

Slide 1 of 4