Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
“Tashabbusli budjet” loyihalari ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Jinoyatchilikning oldini olish va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari sessiya kun tartibidan o‘rin oldi
янв.21
Aholi murojaatlari – deputatlik nazoratida
янв.21
📍 Shovot tumani Kengashida "Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik" jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
🏗 DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
📌 Shovot tumanida bolalar saratoniga qarshi kurashish masalasi Kengash sessiyasida muhokama qilindi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING YIGIRMA YETTINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING XXVII SESSIYASI
янв.21
📢 DEPUTAT SO‘ROVI O‘RGANILDI
янв.21
📌 DEPUTAT SO‘ROVI
Kotib

Xalq deputatlari Mirzo Ulag‘bek tumani Kengashining "Chimyon” saylov okrugi deputati, XDP a’zosi Umarova Shaxnoza Mirzaxidovna o‘z saylov okrugida  “mahalla yettiligi” a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda aholi murojaatlari, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar bandligini ta’minlash, xotin-qizlar bilan ishlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, obodonlashtirish va sanitariya holatini yaxshilash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqilib, atroflicha muhokama qilindi.

Shuningdek, tashrif davomida fuqarolar murojaatlari joyiga chiqib o‘rganildi. Murojaatlar yuzasidan yettilik vakillariga mahalla hududidagi  muammolarni mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish hamda mahallada ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha takliflar berildi.

Deputat tomonidan “mahalla yettiligi” bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash, fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda ularning ijobiy yechimini ta’minlash yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 2