Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Jinoyatchilikning oldini olish va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari sessiya kun tartibidan o‘rin oldi
янв.21
“Tashabbusli budjet” loyihalari ijrosi o‘rganildi.
янв.21
📍 Shovot tumani Kengashida "Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik" jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
Aholi murojaatlari – deputatlik nazoratida
янв.21
📌 Shovot tumanida bolalar saratoniga qarshi kurashish masalasi Kengash sessiyasida muhokama qilindi
янв.21
🏗 DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING YIGIRMA YETTINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING XXVII SESSIYASI
янв.21
📌 DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
📢 DEPUTAT SO‘ROVI O‘RGANILDI
MATONAT MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR MASALALARI O‘RGANILDI

O‘rganish davomida mahallada xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, oilaviy muammolarni aniqlash, tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish, shuningdek, ayollar murojaatlari bilan ishlash holatiga alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur o‘rganish deputatlik faoliyatining asosiy 24 ta savolnomasi doirasida amalga oshirilib, xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, mavjud muammolarni manzilli hal etish hamda mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Ushbu jarayon “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonun, “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonun, “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonun hamda “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunda belgilangan vazifalar ijrosiga muvofiq amalga oshirildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlarga belgilangan tartibda deputatlik so‘rovi chiqarildi.

✅ Matonat mahallasida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning murojaatlarini joyida o‘rganish va mavjud muammolarni manzilli hal etish bo‘yicha deputatlik faoliyati davom ettirilmoqda.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 1