Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
“Tashabbusli budjet” loyihalari ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Jinoyatchilikning oldini olish va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari sessiya kun tartibidan o‘rin oldi
янв.21
Aholi murojaatlari – deputatlik nazoratida
янв.21
📍 Shovot tumani Kengashida "Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik" jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
🏗 DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
📌 Shovot tumanida bolalar saratoniga qarshi kurashish masalasi Kengash sessiyasida muhokama qilindi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING YIGIRMA YETTINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING XXVII SESSIYASI
янв.21
📢 DEPUTAT SO‘ROVI O‘RGANILDI
янв.21
📌 DEPUTAT SO‘ROVI
Mahalladagi ishlar o‘rganildi

Mahalladagi ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Mamarajabov o‘ziga biriktirilgan deputat M.Juraqulovaning saylov okrugi hududidagi "Rabotak" mahallasiga tashrif buyurib, mahalla raisi tomonidan hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, obodonlashtirish, aholi murojaatlari bilan ishlash hamda fuqarolar farovonligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganish davomida mahallada mavjud muammolar, ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar hamda istiqbolda amalga oshirilishi rejalashtirilgan vazifalar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

Shuningdek, aniqlangan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, aholi murojaatlariga o‘z vaqtida yechim topish hamda deputatlik nazorati doirasida hududdagi ishlar samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 1