Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Jinoyatchilikning oldini olish va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari sessiya kun tartibidan o‘rin oldi
янв.21
“Tashabbusli budjet” loyihalari ijrosi o‘rganildi.
янв.21
📍 Shovot tumani Kengashida "Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik" jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
Aholi murojaatlari – deputatlik nazoratida
янв.21
📌 Shovot tumanida bolalar saratoniga qarshi kurashish masalasi Kengash sessiyasida muhokama qilindi
янв.21
🏗 DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING YIGIRMA YETTINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING XXVII SESSIYASI
янв.21
📌 DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
📢 DEPUTAT SO‘ROVI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi kotibiyati mudiri Q.O‘tayev tomonidan Otayurt mahallasi hududidagi bozorda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining narx-navo holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida aholi iste’molidagi asosiy turdagi meva-sabzavot, poliz va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining narxlari, mahsulotlar sifati hamda savdo jarayonlari bilan yaqindan tanishildi. Shuningdek, mahsulotlarning bozorga yetkazib berilishi, taklif hajmi va aholi uchun yaratilgan sharoitlarga ham alohida e’tibor qaratildi.
Muloqot jarayonida sotuvchilar va xaridorlarning fikr-mulohazalari tinglanib, bozorda narxlar barqarorligini ta’minlash, sun’iy taqchillik va asossiz narx oshirish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik muhim vazifa ekani ta’kidlandi.
Qayd etilganidek, aholini sifatli va arzon qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan ta’minlash, ichki bozorda mahsulotlar yetarliligini saqlash hamda narxlar barqarorligini ta’minlash doimiy e’tibor talab etadigan masalalardan hisoblanadi.
O‘rganish yakunida iste’molchilar manfaatlarini himoya qilish, bozorlarda sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish va narx-navo barqarorligini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi hamda bu yo‘nalishdagi ishlar doimiy nazoratda bo‘lishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 4