Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
“Tashabbusli budjet” loyihalari ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Jinoyatchilikning oldini olish va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari sessiya kun tartibidan o‘rin oldi
янв.21
Aholi murojaatlari – deputatlik nazoratida
янв.21
📍 Shovot tumani Kengashida "Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik" jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
🏗 DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
📌 Shovot tumanida bolalar saratoniga qarshi kurashish masalasi Kengash sessiyasida muhokama qilindi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING YIGIRMA YETTINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING XXVII SESSIYASI
янв.21
📢 DEPUTAT SO‘ROVI O‘RGANILDI
янв.21
📌 DEPUTAT SO‘ROVI
Deputat va “MADAD” NNT xodimi ishtirokida FHDYo organi faoliyati bilan tanishdi.

2-A.Navoiy saylov okrugi deputati L.Avezova,  Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyat bosh mutaxassis G.Soliyeva, "MADAD" NNT tuman huquqiy maslahat byurosi bosh mutaxassisi M.Fatullayevlar tomonidan Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish FHDYo organi faoliyati  bilan tanishdi
FHDYo organi faoliyati  bilan tanishish davomida aholiga ko’rsatilayotgan davlat xizmatlari sifati, fuqarolar murojaatlarini qabul qilish va ko’rib chiqish tartibi, shuningdek, yosh oilalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishildi.
Jumladan, yosh kelin-kuyovlarga nikoh guvohnomalarini tantanali ravishda topshirish uchun tashkil etilgan maxsus zal ko’zdan kechirildi. Mazkur zalda yangi oila qurayotgan yoshlar va ularning yaqinlari uchun qulay va zamonaviy muhit yaratilgan bo’lib, nikohni davlat ro’yxatidan o’tkazish marosimlarini yuqori saviyada tashkil etishga alohida e’tibor qaratilgan.
Shuningdek, FHDYo organida fuqarolarga xizmat ko’rsatish sifatini oshirish, kutish joylarining qulayligi, axborot materiallari bilan ta’minlanganlik hamda raqamlashtirish jarayonlari yuzasidan fikr-mulohazalar almashildi.
O’rganish yakunida aholiga yanada sifatli va samarali xizmat ko’rsatishni ta’minlash bo’yicha tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Slide 1 of 1