Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
“Tashabbusli budjet” loyihalari ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Jinoyatchilikning oldini olish va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari sessiya kun tartibidan o‘rin oldi
янв.21
Aholi murojaatlari – deputatlik nazoratida
янв.21
📍 Shovot tumani Kengashida "Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik" jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
🏗 DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
📌 Shovot tumanida bolalar saratoniga qarshi kurashish masalasi Kengash sessiyasida muhokama qilindi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING YIGIRMA YETTINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING XXVII SESSIYASI
янв.21
📢 DEPUTAT SO‘ROVI O‘RGANILDI
янв.21
📌 DEPUTAT SO‘ROVI
Deputat tomonidan hududdagi infratuzilma obyektlari o‘rganildi
Deputat tomonidan hududdagi infratuzilma obyektlari o‘rganildi

👥 Xalq deputatlari tuman Kengashining 20-Bunyodkor saylov okrugi deputati E.Xayitov hamda Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi O.Norbo‘tayevlar tomonidan Bunyodkor mahallasi hududida aholi uchun qulay va xavfsiz muhitni ta’minlash maqsadida o‘rganish ishlari olib borildi.

🛣 O‘rganish davomida mahalla ichki ko‘chalaridagi avtomobil yo‘llarining holati, ko‘chalarning tungi yoritish tizimi, piyodalar yo‘lakchalarining mavjud ahvoli hamda ularni yanada yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, mahalla hududidagi ariqlarning texnik holati, suvning erkin oqishini ta’minlash va obodonlashtirish ishlarining borishi ham atroflicha o‘rganildi.

✅ O‘rganishlar davomida aniqlangan mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, infratuzilma obyektlarini yanada yaxshilash yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi. Bu kabi o‘rganishlar aholi murojaatlarini o‘z vaqtida hal etish hamda hududlarda qulay yashash muhitini yaratishga xizmat qiladi.