Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Jinoyatchilikning oldini olish va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari sessiya kun tartibidan o‘rin oldi
янв.21
“Tashabbusli budjet” loyihalari ijrosi o‘rganildi.
янв.21
📍 Shovot tumani Kengashida "Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik" jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
Aholi murojaatlari – deputatlik nazoratida
янв.21
📌 Shovot tumanida bolalar saratoniga qarshi kurashish masalasi Kengash sessiyasida muhokama qilindi
янв.21
🏗 DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING YIGIRMA YETTINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING XXVII SESSIYASI
янв.21
📌 DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
📢 DEPUTAT SO‘ROVI O‘RGANILDI
Sessiya kun tartibidagi masala joyiga chiqib o‘rganildi.

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining 17-Samandarak saylov okrugi deputati I.Axmedov, Kengash kotibiyati mudiri G‘.Abdullayev hamda kotibiyat bosh mutaxassisi U.Raximjonov tomonidan Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan joyiga chiqib o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

📍 O‘rganish jarayonida Samandarak mahalla fuqarolar yig‘ini hududida 5 gektar maydonda tashkil etilayotgan “Hunarmandlar sanoat zonasi”dagi amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.

🔧 Xususan, mazkur hududda faoliyat olib borayotgan tuman Obodonlashtirish boshqarmasi balansidagi maxsus texnikalarning uzluksiz ishlashini ta’minlash maqsadida ularning ehtiyot qismlarini xarid qilish uchun tuman mahalliy budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘ ajratilishi rejalashtirilganligi yuzasidan deputatlar tomonidan atroflicha o‘rganish olib borildi.

📋 O‘rganish davomida mazkur mablag‘ning maqsadli va samarali yo‘naltirilishi, ajratilayotgan mablag‘ning zaruriyati hamda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari tahlil qilindi.

✅ Mazkur masala bo‘yicha o‘rganish natijalari Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida ko‘rib chiqiladi.

Slide 1 of 10