Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Jinoyatchilikning oldini olish va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari sessiya kun tartibidan o‘rin oldi
янв.21
“Tashabbusli budjet” loyihalari ijrosi o‘rganildi.
янв.21
📍 Shovot tumani Kengashida "Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik" jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
Aholi murojaatlari – deputatlik nazoratida
янв.21
🏗 DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
📌 Shovot tumanida bolalar saratoniga qarshi kurashish masalasi Kengash sessiyasida muhokama qilindi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING YIGIRMA YETTINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING XXVII SESSIYASI
янв.21
📢 DEPUTAT SO‘ROVI O‘RGANILDI
янв.21
📌 DEPUTAT SO‘ROVI
Ijtimoiy obyektlardagi qurilish ishlari nazoratda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-393-son qarori asosida Pastdarg‘om tumanida bir qator ijtimoiy obyektlarni rekonstruksiya qilish va qo‘shimcha binolar qurish bo‘yicha belgilangan dastur doirasida amaliy ishlar davom etmoqda.

“Namuna” tez tibbiy yordam shoxobchasi binosini rekonstruksiya qilish, mavjud binoni ta’mirlash hamda 1-tipdagi oilaviy poliklinika tashkil etish loyihasi bo‘yicha qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi raisi B. Ochilov mazkur obyektda bo‘lib, qurilish jarayoni bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganish davomida bajarilayotgan ishlarning sifati, loyiha talablariga muvofiqligi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, mutasaddilar bilan suhbat davomida aholi uchun qulay va zamonaviy tibbiy xizmat ko‘rsatish sharoitlarini yaratish, qurilish ishlarini sifatli amalga oshirish hamda obyektni o‘z vaqtida foydalanishga topshirish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 5