Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
🏛 DEPUTAT SO‘ROVI ORQALI MUAMMO NAZORATGA OLINDI
янв.21
📌 “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi 265-I-sonli Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi
янв.21
📌 1-SON OILAVIY POLIKLINIKADA AHOLIGA TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Tuman Sanitariya-epidemiologiya va osoyishtalik markazi faoliyati o‘rganildi
янв.21
📌 DEPUTAT SO‘ROVI IJROSI TA’MINLANDI
янв.21
📌 SAVDO SHOHOBCHALARIDAGI NARX-NAVOLAR O‘RGANILDI
янв.21
📌 16-saylov okrugidan saylangan deputat hududdagi madaniyat saroyi faoliyatini o‘rgandi
янв.21
📢 DEPUTAT SO‘ROVI: AHOLINI SUYULTIRILGAN GAZ BILAN TA’MINLASH MASALASI KO‘TARILDI
янв.21
📌 DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
🚧 MEVAZOR MAHALLASIDAGI MUAMMOLI YO‘L O‘RGANILDI
XOTIN-QIZLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH BORASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI

 XOTIN-QIZLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH BORASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati A.To‘lqinboyev hamda kotibiyat
bosh mutaxassisi M.To‘xtasinov tomonidan Sultonobod mahalla fuqarolar yig‘inida
xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi.


O‘rganish davomida mahalladagi xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash,
ularni kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish, doimiy
daromad manbalarini yaratish, muammolarini aniqlash va manzilli hal etish
borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.


Shuningdek, “Ayollar daftari”ning 7-bosqichiga kiritilgan xotin-qizlar bilan
olib borilayotgan ishlar holati, ularning bandligini ta’minlash, ijtimoiy,
huquqiy va psixologik yordam ko‘rsatish, tadbirkorlik tashabbuslarini
qo‘llab-quvvatlash hamda murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish yuzasidan
amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar muhokama etildi.


O‘rganishlar yakunida xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularni
qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari samaradorligini kuchaytirish yuzasidan taklif
va tavsiyalar berildi. Aniqlangan kamchiliklar “Deputatning ko‘cha aylanish
daftari”ga kiritilib, ularning ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.
  

Slide 1 of 4