Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
🏛 DEPUTAT SO‘ROVI ORQALI MUAMMO NAZORATGA OLINDI
янв.21
📌 “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi 265-I-sonli Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi
янв.21
📌 1-SON OILAVIY POLIKLINIKADA AHOLIGA TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Tuman Sanitariya-epidemiologiya va osoyishtalik markazi faoliyati o‘rganildi
янв.21
📌 DEPUTAT SO‘ROVI IJROSI TA’MINLANDI
янв.21
📌 SAVDO SHOHOBCHALARIDAGI NARX-NAVOLAR O‘RGANILDI
янв.21
📌 16-saylov okrugidan saylangan deputat hududdagi madaniyat saroyi faoliyatini o‘rgandi
янв.21
📢 DEPUTAT SO‘ROVI: AHOLINI SUYULTIRILGAN GAZ BILAN TA’MINLASH MASALASI KO‘TARILDI
янв.21
📌 DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
🚧 MEVAZOR MAHALLASIDAGI MUAMMOLI YO‘L O‘RGANILDI
HAMKOROBOD MAHALLASIDA BEPUL TIBBIY KO‘RIK TASHKIL ETILDI

Mazkur tadbir “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonun, “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi Qonun hamda “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunda belgilangan aholi manfaatlarini himoya qilish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash va sog‘liqni saqlash sohasida profilaktik tadbirlarni kuchaytirish vazifalari ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazildi.

Tibbiy ko‘rik davomida mahalla aholisi, xususan, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar, keksa yoshdagilar hamda xotin-qizlarning salomatlik holati mutaxassislar tomonidan ko‘rikdan o‘tkazildi. Fuqarolarga sog‘lom turmush tarziga rioya qilish, kasalliklarning oldini olish va zarur hollarda tibbiy muassasalarga murojaat qilish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Shuningdek, tadbir davomida aholining sog‘liqni saqlash, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va boshqa masalalarga oid murojaatlari tinglanib, ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ko‘rib chiqish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

✅ Yunusobod tumanida aholi salomatligini mustahkamlash, tibbiy-profilaktik tadbirlarni mahalla darajasida tashkil etish hamda fuqarolar bilan ochiq muloqotni kuchaytirish ishlari davom ettirilmoqda.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 5