Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
🏛 DEPUTAT SO‘ROVI ORQALI MUAMMO NAZORATGA OLINDI
янв.21
📌 “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi 265-I-sonli Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi
янв.21
📌 1-SON OILAVIY POLIKLINIKADA AHOLIGA TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Tuman Sanitariya-epidemiologiya va osoyishtalik markazi faoliyati o‘rganildi
янв.21
📌 DEPUTAT SO‘ROVI IJROSI TA’MINLANDI
янв.21
📌 SAVDO SHOHOBCHALARIDAGI NARX-NAVOLAR O‘RGANILDI
янв.21
📌 16-saylov okrugidan saylangan deputat hududdagi madaniyat saroyi faoliyatini o‘rgandi
янв.21
📢 DEPUTAT SO‘ROVI: AHOLINI SUYULTIRILGAN GAZ BILAN TA’MINLASH MASALASI KO‘TARILDI
янв.21
📌 DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
🚧 MEVAZOR MAHALLASIDAGI MUAMMOLI YO‘L O‘RGANILDI
#Doimiy_komissiya_faoliyati Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining tasdiqlangan ish rejasiga muvofiq, Yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi Gulira'no Umarova tomonidan viloyatdagi madaniyat va sport tashkilotlari faoliyati o‘rganildi.

#Doimiy_komissiya_faoliyati

Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining tasdiqlangan ish rejasiga muvofiq, Yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi Gulira'no Umarova tomonidan viloyatdagi madaniyat va sport tashkilotlari faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida madaniyat markazlari, sport maktablari hamda sohadagi boshqa muassasalarda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, mavjud infratuzilmaning holati, yoshlarning madaniy va sport tadbirlariga jalb etilish darajasi, to‘garaklar va seksiyalar faoliyati, shuningdek, davlat dasturlari ijrosi yuzasidan belgilangan vazifalarning bajarilishi savolnoma asosida tahlil qilindi.

Shu bilan birga, muassasalarda mavjud muammo va kamchiliklar aniqlanib, ularni bartaraf etish, moddiy-texnik bazani mustahkamlash hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Mazkur o‘rganish natijalari doimiy komissiya yig‘ilishida muhokama qilinib, aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik nazorati doirasida tavsiyalar kiritilishi belgilandi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook

Slide 1 of 5