Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
🚀 DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
⚡️DEPUTAT SO‘ROVI: ELEKTR TA’MINOTIDAGI UZILISHLAR NAZORATGA OLINDI
янв.21
📍 MADANIYAT MAHALLASIDAGI ICHKI YO‘LLAR DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
📍 Murojaatlar ijrosi amalda
янв.21
📍 Shovot tumanida sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
📅 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI
янв.21
🌳🌿 Istirohat bog‘idagi sharoitlar deputat nazoratida 🌿🌳
янв.21
🎥Deputat faoliyati va tumandagi islohotlar e’tibor markazida
янв.21
📌 “Mahalla — islohotlar markazida: mahalliy vakillik organlari va “mahalla yettiligi”ning hamjihat faoliyati” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
🗑🌿 Chiqindilarni olib chiqish ishlari o‘rganildi
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashining navbatdagi yigirma yettinchi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan Kengash huzuridagi Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Boyovut tumani davlat soliq inspeksiyasi rahbarining mahalliy byudjet daromadlari bajarilishi holati, qo‘shimcha daromad manbalari va rezervlarni aniqlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, soliqlar hamda boshqa majburiy to‘lovlar kesimida byudjetga hisoblangan va amalda tushgan mablag‘lar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF–71-son Farmoni ijrosi yuzasidan hisoboti eshitildi.

Muhokamalar davomida mahalliy byudjet daromadlarini oshirish, soliq bazasini kengaytirish, mavjud imkoniyat va rezervlardan samarali foydalanish, soliq tushumlarini o‘z vaqtida undirish hamda tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi. Shuningdek, PF–71-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinib, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar bildirildi.

Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi masala yuzasidan tegishli tavsiyalar ishlab chiqilib, mazkur hisobotni Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida ko‘rib chiqish uchun tavsiya etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Slide 1 of 4