Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
🚀 DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
⚡️DEPUTAT SO‘ROVI: ELEKTR TA’MINOTIDAGI UZILISHLAR NAZORATGA OLINDI
янв.21
📍 MADANIYAT MAHALLASIDAGI ICHKI YO‘LLAR DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
📍 Murojaatlar ijrosi amalda
янв.21
📍 Shovot tumanida sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
📅 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI
янв.21
🌳🌿 Istirohat bog‘idagi sharoitlar deputat nazoratida 🌿🌳
янв.21
🎥Deputat faoliyati va tumandagi islohotlar e’tibor markazida
янв.21
📌 “Mahalla — islohotlar markazida: mahalliy vakillik organlari va “mahalla yettiligi”ning hamjihat faoliyati” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
🗑🌿 Chiqindilarni olib chiqish ishlari o‘rganildi
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI.

Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Majlisda Kengashning navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan masalalar dastlabki tartibda ko‘rib chiqildi.

Majlis davomida Chilonzor tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamda Chilonzor tumani Tibbiyot birlashmasida korrupsiyaning oldini olish, unga qarshi kurashish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati muhokama qilindi.

Mas’ullar tomonidan taqdim etilgan hisobotlarda ta’lim va sog‘liqni saqlash muassasalarida korrupsion holatlarning oldini olish, fuqarolar uchun yaratilayotgan qulayliklar, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, profilaktik tadbirlarni samarali tashkil etish hamda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

Muhokamalar jarayonida doimiy komissiya a’zolari tomonidan tizimlarda ochiqlik va shaffoflikni yanada kuchaytirish, mavjud korrupsion xavf-xatarlarni bartaraf etish, aholi murojaatlari bilan ishlash sifatini oshirish hamda korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar samaradorligini yanada oshirish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.

Majlis yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Slide 1 of 5