Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
🚀 DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
⚡️DEPUTAT SO‘ROVI: ELEKTR TA’MINOTIDAGI UZILISHLAR NAZORATGA OLINDI
янв.21
📍 MADANIYAT MAHALLASIDAGI ICHKI YO‘LLAR DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
📍 Murojaatlar ijrosi amalda
янв.21
📍 Shovot tumanida sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
📅 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI
янв.21
🌳🌿 Istirohat bog‘idagi sharoitlar deputat nazoratida 🌿🌳
янв.21
🎥Deputat faoliyati va tumandagi islohotlar e’tibor markazida
янв.21
📌 “Mahalla — islohotlar markazida: mahalliy vakillik organlari va “mahalla yettiligi”ning hamjihat faoliyati” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
🗑🌿 Chiqindilarni olib chiqish ishlari o‘rganildi
AHOLI BILAN OCHIQ MULOQOT — MUAMMOLAR YECHIMI SARI

 AHOLI BILAN OCHIQ MULOQOT — MUAMMOLAR YECHIMI SARI

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati F.Xashimova, kotibiyat bosh
mutaxassisi A.Fozilovlarlar Tojikqishloq mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib,
“mahalla yettiligi” vakillari bilan birgalikda ko‘chalar infratuzilma holati
hamda aholini qiynab kelayotgan muammolarni o‘rgandilar.


Mazkur mahalla tumandagi ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan qo‘shimcha e’tibor talab
etiladigan, “og‘ir mahalla” toifasiga kiritilgan hududlardan biri hisoblanadi.
Shu munosabat bilan mahallaning ixtisoslashuvini chuqurlashtirish, aholi
bandligini ta’minlash, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va ijtimoiy
infratuzilmani yaxshilashga qaratilgan Manzilli dastur doirasida respublika
byudjetidan 3,0 mlrd so‘m mablag‘ ajratilgan.

O‘rganishlar davomida mahallaning ichki ko‘chalari bo‘ylab yurib, fuqarolar
bilan bevosita muloqot qildilar. Suhbatlar chog‘ida aholi tomonidan ichki yo‘llar
holati, obodonlashtirish ishlari hamda boshqa dolzarb masalalar yuzasidan
taklif va murojaatlar bildirildi.

Deputat tomonidan fuqarolar murojaatlari atroflicha tinglanib, ayrim
masalalar bo‘yicha joyida tushuntirishlar berildi. Shuningdek, mahallada
infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan
aholiga ma’lumotlar yetkazildi.


O‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar hamda aholi tomonidan bildirilgan
murojaatlar “Deputatning ko‘cha daftari”ga qayd etilib, ularni bartaraf etish
yuzasidan tegishli choralar ko‘rish masalalari nazoratga olindi.
  

Slide 1 of 5