📍 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi raisi J.Babajanov hamda Kengash kotibiyati xodimi U.Ruzmetov tomonidan tumandagi Komijon ota, Tuproqqal’a va Katqala mahallalarida yoshlar uchun tashkil etilgan sportning kurash turi bo‘yicha mashg‘ulotlar faoliyati o‘rganildi.
📖 O‘rganish jarayonida “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining O‘RQ-1123-son talablari ijrosi doirasida yoshlarni sportga keng jalb etish, ular uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda mashg‘ulotlarning tashkil etilish holati bilan yaqindan tanishildi.
🤼♂️ Kurash to‘garaklarida yoshlarning muntazam ishtiroki, sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish va iqtidorli sportchilarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.