Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
🏛 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi matbuot xodimlarini tabriklaydi
янв.21
🏛 Kengash raisi J. Babajanov saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
🏛 “Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi deputat nazoratida
янв.21
🏛 “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi deputat nazoratida
янв.21
📍 Deputatlik nazorati: “Mevazor” mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
🏛 SESSIYA OLDIDAN O‘RGANISH ISHLARI AMALGA OSHIRILDI
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘RQ–263)
янв.21
🏛 DEPUTAT SO‘ROVI ORQALI MUAMMO NAZORATGA OLINDI
янв.21
📌 “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi 265-I-sonli Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi
янв.21
📌 1-SON OILAVIY POLIKLINIKADA AHOLIGA TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH HOLATI O‘RGANILDI
Temir yo‘l bo‘ylari obod etiladi: “Yulduz” va “Chegara” mahallalaridagi hududlar deputatlar nazoratida

 Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi D.Normuradova boshchiligida Kengash kotibiyati mudiri A.Ashurov hamda deputatlar I.Shatova va X.Fayzullayevlar temir yo‘l yoqasi bo‘ylab o‘rganish olib borib, “Yulduz” hamda “Chegara” mahallalari hududidagi obodonlashtirish va sanitariya holatini ko‘zdan kechirdilar.

💬 Ushbu jarayon mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” mezonlari asosida tashkil etildi.

💬 O‘rganish doirasida:
🟢Temir yo‘l yoqasi bo‘ylab joylashgan hududlarning obodonlashtirish holati ko‘zdan kechirildi;

🟢Hududda begona o‘tlarni tozalash, sanitariya-tozalash ishlarini kuchaytirish hamda estetik ko‘rinishni yaxshilash zarurati tahlil qilindi.

💬 O‘rganish yakunida temir yo‘l yoqasidagi ushbu hududlarni tartibga keltirish va obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish maqsadida tizimli chora-tadbirlar belgilab olindi.

📌Maqsadimiz — Termiz shahrining har bir go‘shasini toza, yashil va obod maskanga aylantirishdir!

Slide 1 of 4