🏛 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati I.Masharipov tomonidan Shovot tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudiri Q.Bobojanov nomiga deputat so‘rovi yuborildi.
📚 Deputat so‘rovida O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘RQ-1109-sonli Qonun ijrosi yuzasidan tumanda maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi hududiy dasturlarni ishlab chiqish holati bo‘yicha ma’lumot so‘ralgan.
📝 Jumladan, hududiy dasturlarni ishlab chiqish, ta’lim qamrovini kengaytirish, moddiy-texnik bazani mustahkamlash hamda mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida asoslantirilgan yozma axborot taqdim etilishi so‘raldi.
✅ Ta’lim tizimini yanada rivojlantirish va qonunlar ijrosini ta’minlash borasidagi ishlar davom etmoqda.