Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
🏛 DEPUTAT SO‘ROVI ORQALI MUAMMO NAZORATGA OLINDI
янв.21
📌 “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi 265-I-sonli Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi
янв.21
📌 1-SON OILAVIY POLIKLINIKADA AHOLIGA TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Tuman Sanitariya-epidemiologiya va osoyishtalik markazi faoliyati o‘rganildi
янв.21
📌 DEPUTAT SO‘ROVI IJROSI TA’MINLANDI
янв.21
📌 SAVDO SHOHOBCHALARIDAGI NARX-NAVOLAR O‘RGANILDI
янв.21
📌 16-saylov okrugidan saylangan deputat hududdagi madaniyat saroyi faoliyatini o‘rgandi
янв.21
📢 DEPUTAT SO‘ROVI: AHOLINI SUYULTIRILGAN GAZ BILAN TA’MINLASH MASALASI KO‘TARILDI
янв.21
📌 DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
🚧 MEVAZOR MAHALLASIDAGI MUAMMOLI YO‘L O‘RGANILDI
2026 yil 2 fevral kuni Xalq deputatlari Zafarobod tumani Kengashining navbatdan tashqari yettinchi chaqiriq o‘n sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Zafarobod tumanini 2026–2027 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan kompleks rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan dasturni tasdiqlash hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 23-yanvar kuni kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlashga qaratilgan Xalq deputatlari Zafarobod tumani Kengashining navbatdan tashqari yettinchi chaqiriq o‘n sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiya ishida viloyat hokimi Ulug‘bek Mustafoyev, tuman hokimi, viloyat va tuman miqyosidagi mas’ul tashkilot va idoralar rahbarlari, xalq deputatlari hamda sohaning yetakchi mutaxassislari ishtirok etdi.

Kun tartibidan tuman iqtisodiyotini rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi daromadlarini oshirish, kambag‘allikni qisqartirish, ijtimoiy soha hamda muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan dolzarb masalalar o‘rin oldi.

Sessiya davomida 2026–2027 yillarga mo‘ljallangan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturi atroflicha muhokama qilinib, unda belgilangan ustuvor yo‘nalishlar, investitsiya loyihalari, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, aholi bandligini ta’minlash va farovonlikni oshirishga qaratilgan vazifalar bo‘yicha mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi. Shuningdek, Prezident videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Sessiya yakunida muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, belgilangan vazifalar ijrosi ustidan doimiy nazorat o‘rnatilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 7