Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati M.Ro‘zmetov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi U.Ruzmetov tomonidan tumandagi “Yangi O‘zbekiston” mahallasiga tashrif davomida O‘zbekiston Respublikasining “Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘RQ-668-son) ijrosi doirasida mahallada amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
🏗 Jumladan, mahallada yangidan ta’mirlanayotgan madaniyat markazining qurilish-ta’mirlash ishlari holati ko‘zdan kechirildi. Mazkur obyektning aholiga madaniy xizmat ko‘rsatish, yoshlar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazishdagi ahamiyati alohida qayd etildi.
📊 Tashrif davomida qurilish ishlarini jadallashtirish, sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash hamda madaniyat markazining to‘liq ishga tushirilishini ta’minlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.