Mahalla obodligi va aholi murojaatlari — doimiy e’tiborda
✅Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari tomonidan joylarda aholi muammolarini o‘rganish va ularga yechim topish ishlari tizimli ravishda davom ettirilmoqda.
✅Bugun, 14-Bahoriston saylov okrugidan saylangan deputat Jumayev Sirojiddin Nurqobilovich hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B.Qurbonov ishtirokida “Bahoriston” mahallasida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.
✅ O‘rganish davomida asosiy e’tibor quyidagilarga qaratildi:
Infratuzilma holati: Hududdagi ichki yo‘llar, elektr energiyasi va ichimlik suvi ta’minoti ko‘zdan kechirildi.
✅Ijtimoiy himoya: Mahalla aholisining yashash sharoitlari, ayniqsa, ko‘makka muhtoj oilalar holatidan xabar olindi.
✅Murojaatlar tahlili: Fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va shikoyatlar joyida tinglanib, ularning yechimi bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi.
✅"Deputatning asosiy vazifasi — xalq ichiga kirish, ularning dardu tashvishlari bilan yashash va mavjud muammolarga qonuniy yechim topishdir." — Sirojiddin Jumayev.
✅O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilishi va ijrosi nazoratga olinishi belgilab olindi.