Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Fuqaro murojaati yuzasidan qabul o‘tkazildi
янв.21
🏗 Hududlarda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish ishlari davom etmoqda
янв.21
MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASIDA TIBBIY XIZMAT HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🟢 DEPUTAT QABULI — AHOLI MUAMMOLARI E’TIBORDA
янв.21
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati Kariyev Mansur Omongeldiyevich tomonidan O‘simliklar karantini va himoya agentligi Shovot tumani bo‘limiga deputat so‘rovi yuborildi.
янв.21
📊Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati Ollamov G‘ayrat Ollamovich tomonidan tumandagi Bo‘yrachi mahallasida joylashgan ayrim savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlarida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
📚 O‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
📌 Shovot tumanida birlamchi tibbiy xizmatlar faoliyati amaldagi qonunchilik asosida o‘rganildi
янв.21
MUAMMOLI HOLAT BO‘YICHA DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
🏆 Yoshlar intellektual salohiyati – e’tirof etildi
🏗 Hududlarda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish ishlari davom etmoqda

📜 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-dekabrdagi **“Hududlarda yuqori iqtisodiy o‘sish va aholi bandligini ta’minlashning yangi tizimini yo‘lga qo‘yish hamda bu borada mahalliy hokimliklarning roli va mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”**gi PF–223-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida hududlarda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda ijtimoiy soha obyektlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

📑 Shu bilan birga, Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining 2026-yil 10-fevraldagi “Shovot tumanini 2026-yilda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida moliyalashtirilishi (PforR) mexanizmi orqali amalga oshirilishi taklif etilayotgan loyihalarni tasdiqlash toʻgʻrisida ”gi VII-20-13-12-177-K/26–sonli qaroriga muvofiq tumanda ijtimoiy soha obyektlarini rivojlantirish, xususan ta’lim muassasalarini yangilash, ularni zamonaviy infratuzilma bilan ta’minlash hamda o‘quvchilar uchun munosib sharoitlar yaratish borasida keng ko‘lamli qurilish va rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda.

🏫 Mazkur qarorga asosan tumandagi “Idaliqal’a” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 31-umumiy o‘rta ta’lim maktabi binosini rekonstruksiya qilish loyihasi amalga oshirilmoqda. Loyihaning umumiy qiymati 7 milliard 504 million so‘mni tashkil etib, mazkur ta’lim muassasasining loyiha quvvati 536 o‘ringa mo‘ljallangan.

👥 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati M.Yaxshimuratova, Shovot tumani Kengashi kotibiyati bilan hamkorlikda Idaliqal’a mahallasida joylashgan 31-umumiy o‘rta ta’lim maktabida olib borilayotgan rekonstruksiya ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.

🔎 O‘rganish jarayonida qurilish ishlarining borishi, bajarilayotgan ishlarning sifati, loyiha hujjatlariga muvofiqligi hamda belgilangan muddatlarda yakunlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📌 Ta’kidlanganidek, mazkur loyiha to‘liq amalga oshirilishi natijasida hududdagi o‘quvchilar uchun zamonaviy, qulay va xavfsiz ta’lim muhiti yaratiladi, bu esa ta’lim sifatini yanada oshirish hamda yosh avlodni har tomonlama barkamol etib tarbiyalashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3