📌 Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi doimiy komissiyasi majlisi bo‘lib o‘tdi
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining yettinchi chaqiriq yigirma uchinchi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan doimiy komissiyalarning qo‘shma majlisi o‘tkazildi.
Majlisda tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlari markazi tomonidan amalga oshirilgan ishlar muhokama qilinib, markaz direktori F. Akramovning hisoboti tinglandi.
Muhokamalar davomida deputatlar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar inobatga olinib, ko‘rib chiqilgan masalalarni navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritish yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.