Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
🏛 DEPUTAT SO‘ROVI ORQALI MUAMMO NAZORATGA OLINDI
янв.21
📌 “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi 265-I-sonli Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi
янв.21
📌 1-SON OILAVIY POLIKLINIKADA AHOLIGA TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Tuman Sanitariya-epidemiologiya va osoyishtalik markazi faoliyati o‘rganildi
янв.21
📌 DEPUTAT SO‘ROVI IJROSI TA’MINLANDI
янв.21
📌 SAVDO SHOHOBCHALARIDAGI NARX-NAVOLAR O‘RGANILDI
янв.21
📌 16-saylov okrugidan saylangan deputat hududdagi madaniyat saroyi faoliyatini o‘rgandi
янв.21
📢 DEPUTAT SO‘ROVI: AHOLINI SUYULTIRILGAN GAZ BILAN TA’MINLASH MASALASI KO‘TARILDI
янв.21
📌 DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
🚧 MEVAZOR MAHALLASIDAGI MUAMMOLI YO‘L O‘RGANILDI
🚔 Jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha yangi vazifalar belgilandi

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining 2026-yil 6-apreldagi VII-20-28-7-95-K/26-son qarori (https://kengash.gov.uz/doc/262243) bilan Ishtixon tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i B.Rustamovning tumandagi kriminogen vaziyat va jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha 2026-yilning 3 oyida amalga oshirilgan ishlari haqidagi hisoboti ko‘rib chiqildi.

Hisobotga ko‘ra, Kengash tomonidan ayrim jiddiy muammolar ham ko‘rsatib o‘tildi. Jumladan, umumiy jinoyatlar soni o‘tgan yilga nisbatan oshgani, talonchilik, bezorilik va tan jarohati yetkazish holatlari ko‘paygani, shuningdek, kiberjinoyatlar soni ortib borayotgani qayd etildi.

Shu sababli Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi qarori bilan:

🔹 “qizil” va “sariq” toifadagi mahallalarda profilaktika ishlari kuchaytiriladi;

🔹 qidiruvdagi shaxslarni aniqlash va ushlash bo‘yicha ishlar jadallashtiriladi;

🔹 mahallalarda jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha kundalik tahlil tizimi yo‘lga qo‘yiladi;

🔹 voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha maktablarda nazorat kuchaytiriladi;

🔹 jamoat joylarida videokuzatuv tizimlari kengaytiriladi;

🔹 kiberjinoyatlarga qarshi zamonaviy profilaktika choralari qo‘llaniladi.

Eng muhimi, bu vazifalar oddiy topshiriq emas, balki Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining rasmiy qarori bilan belgilandi va uning ijrosi doimiy nazoratga olindi.

Mazkur qaror orqali tumanda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, fuqarolarning xavfsiz yashashi hamda mahallalarda jinoyatchilikni keskin kamaytirish bo‘yicha aniq choralar belgilab berildi.

Slide 1 of 1