Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Tuman Kengashi deputati 1-sonli kasb-hunar texnikumida yoshlarni kasb-hunarga o‘qitish jarayonida foydalanilayotgan texnik uskunalar bilan yaqindan tanishdi.

Tanishuv davomida o‘quv ustaxonalari, amaliy mashg‘ulotlar uchun yaratilgan sharoitlar hamda zamonaviy texnika va jihozlardan foydalanish darajasi atroflicha ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, o‘quvchilarning kasbiy ko‘nikmalarini shakllantirishda qo‘llanilayotgan uslublar va amaliyot jarayonlarining samaradorligi ham tahlil qilindi.

Deputat tomonidan yoshlarni zamonaviy kasblarga o‘qitish, ularni mehnat bozorida raqobatbardosh kadrlar sifatida tayyorlash borasida olib borilayotgan ishlar ijobiy baholandi. 

Shu bilan birga, ta’lim sifati yanada oshirish va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4