📍 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi raisi J.Babajanov, tuman Kengashi deputati M.Kariyev hamda kotibiyat mudiri I.Masharipovlar tomonidan tumandagi Tuproqqala mahallasida ichki yo‘llar holati o‘rganildi.
🔍 O‘rganish natijasiga ko‘ra:
📌 Mahallaning “Madaniyat Gulshani” ko‘chasining 1 300 metr qismi ta’mirtalab ekanligi aniqlandi.
⚠️ Mazkur holat aholi uchun qator noqulayliklarni keltirib chiqarayotgani qayd etildi.
🛠 Rejalashtirilgan chora-tadbirlar:
📤 Ushbu ko‘chaga tosh yotqizish orqali ta’mirlash masalasida tegishli tashkilotlarga
📄 deputatlik so‘rovi chiqarilishi belgilandi.